• image
  • image
  • image
  • image
  • image
  • image
  • image
  • image
  • image
  • image

Kompaniya haqida


Astrum IT Akademiyasi — nafaqat O'zbekistondagi, balki O'rta Osiyodagi birinchi va yagona bo'lgan IT Akademiyasi bo'lib, kompaniya dasturlash sohasida kadrlar tayyorlash va ularni o'qitish bo'yicha yetakchi hisoblanadi.

Astrum IT Akademiyasi Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida joylashgan bo'lib, bu yerdagi toza ob-havo va ajoyib muhit sizni sifatli ta'lim olishingizga yana-da ko'proq qulaylik yaratadi.

Hozirda kompaniyada 100 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi. 1000 ga yaqin o'quvchilar dasturlash, Kiberxavfsizlik va 3DMax kurslaridan tahsil olishmoqda.

Astrum IT Akademiyasining yana bir afzalligi shundaki, Astrum o'quv binosi o'quvchilar uchun 24/7 ochiq va Akademiya hududi tun-u kun qo'riqlanadi. Astrumda o'qishingiz uchun sizda shaxsiy kompyuter bo'lishi shart emas, bu yerdagi mingga yaqin iMac kompyuterlariga joylashgan Mac Valley'dan siz xohlagan paytingiz foydalanishingiz mumkin.

image

Bizning mentorlar

Astrum IT Akademiyasida yosh va shu bilan birgalikda kuchli bilimga ega mentorlar faoliyat olib borishadi. O'quvchi darslarni innovatsion ta'lim platformasi orqali o'tganidan so'ng, tushunmagan joylarini yoki qo'shimcha savollarini mentorlardan so'rab olishi mumkin. Bizning mentorlar har bir o'quvchiga yordam berishga doimo tayyor.

image Shukurov Jasur
PHP (Laravel) Backend Developer
image Shomurodov Sarvar
PHP (Laravel) Backend Developer
image Ozodov Sarvar
C# .Net Backend Developer
image Anvarov Baxtibek
Node.js Backend Developer
image Azizova Aziza
React.js Frontend Developer

AstroCoin tizimi

Astrum IT Akademiyasida o'quvchilarni rag'batlantirish, ularni o'qishga bo'lgan qiziqishini yana-da oshirish maqsadida AstroCoin tizimi yo'lga qo'yilgan. Bunda o'quvchilar Astrum It Akademiyasining ijtimoiy hayotida, ta'lim jarayonlarida va turli xildagi tadbirlarda o'zlarini ko'rsatgan holda maxsus AstroCoinlarga ega bo'lishlari va ushbu Coinlar orqali marketdan turli xildagi qimmatbaho sovg'alarni xarid qilishlari mumkin.


Astrum IT Akademiyasi maqsadi

Astrum IT Akademiyasining yagona maqsadi O'zbekistonda IT sohasini rivojlantirish, IT mutaxassislariga bo'lgan talabni qondirish va yurtimiz yoshlariga sifatli ta'lim berib, ularni zamonaviy kasb egasiga aylantirishdan iboratdir. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham Astrum IT Akademiyasiga tashrif mobaynida bir necha bor ta'kidlab o'tganlar.


Astrum IT Akademiyasi kelgusida o'z filiallarini ko'paytirishni, barcha viloyatlarda zamonaviy IT Akademiyalar ochishni va yoshlarni sifatli ta'lim bilan ta'minlashni o'z oldiga ustuvor vazifa qilib qo'ygan.